Scientific Production Center
MARCHPAWSXR dasturiy ta’minoti jang maydonida yaradorlarga birinchi yordam ko‘rsatish algoritmi hisoblanib, NATO davlatlari harbiy tibbiyoti standartlari (TCCC) asosida, milliy kontingentga yuqori urg‘u berilgan holda, ilg‘or jahon texnologiyalari integratsiyasida, real jang moydoni bilan uyg‘un shaklda ishlab chiqilgan.
Dasturdagi barcha bilim va amaliy ko‘nikmalar mashg‘ulotlar ssenariylari asosida virtual reallik qurilmalari orqali, o‘rgatuvchi mutaxassislar ishtirokisiz, mustaqil o‘rganishga mo‘ljallab ishlab chiqilgan.
Ushbu keng qamrovli simulyatsion dasturlar majmuasi orqali harbiy tibbiyotga oid nazariy va amaliy bilimlarni harbiy kadrlarga intensiv hamda interaktiv tarzda kompleks o‘rgatish maqsad qilingan.
“MARCH PAWS” bo‘yicha ushbu davlatlarda bir necha bor malaka oshirib kelganlar.

Harbiylar, zaxiradagi askarlar, harbiy oliy bilim yurti kursantlari, yoshlar va shu kabi boshqalarning jangovar taktik bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni jangga shay holatga tayyorlash va qayta tayyorlash, professional jangovarlik qobiliyatlarini yuksaltirish maqsadida “Tactical Defense” dasturi ishlab chiqildi.
Kibersport o‘yinlarini o‘ynash va ular bo‘yicha chempionatlar o‘tkazish imkoniyatini beruvchi hamda askarlarning jangovar tayyorgarligini oshiruvchi kengaytirilgan reallik (XR) o‘yini Markaziy Osiyoda ilk bor ishlab chiqildi.
Jamoaviy jang qilish imkoniyati mavjud ushbu dasturdan 12 nafar foydalanuvchi (har jamoada maksimum 6 nafardan) foydalana oladilar. Biroq buyurtmachi talabiga ko‘ra foydalanuvchilar miqdori oshirib yoki kamaytirib beriladi.
Mijozlarga MARCHPAWSXR loyihasi bilan birga qo‘shib beriladigan planshet vositasida boshqariladigan “Instructor Dashboard” dasturi orqali foydalanuvchilar natijalarini avtomatik baholovchi tizim joriy qilingan. Ushbu planshetda foydalanuvchi natijalari dinamikasi analitik shaklda taqdim qilinadi hamda saqlab boriladi.
Masofaviy o‘tkaziladigan turnir va chempionatlarda mazkur “Instructor Dashboard” dasturi turli manzillardagi foydalanuvchi, kuzatuvchi va operatorlarni bitta tizimga bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajaradi.
Unda foydalanuvchilarni yakka yoki guruh shaklda kuzatish, ularning miqdorini tanlash, kuzatilayotgan foydalanuvchi (lar) harakatlarini monitorlarga uzatish mumkin. Shuningdek, amaliyot zallarini, mashg‘ulotlarning qiyinlik darajasini va aynan qaysi amaliyotni kim bajarishini tanlash va yana juda ko‘plab funksionallik imkoniyatlari mavjud.
Sizda boshqa loyihalarni ushbu dastur kabi tayyorlashga qiziqish bo‘lsa mazkur raqamlarga bog‘laning.
“Real” ilmiy ishlab chiqarish markaziga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga doir № MGU 59005 tartib raqamli Guvohnoma 27.05.2025 yil kuni berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, A.R.Beruniy nomidagi MFY, Muhammad Rahimxon Feruz ko‘chasi, 826-uy.